

2024/25 oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
Bunda nomzodlar platformada:
oʻzining pasport maʼlumotlari, JShShIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish TO'LOV-KONTRAKT asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
1413