1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Kelasi o‘quv yilidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida yangi taʼlim yoʻnalishi joriy etiladi

19.12.2025
Article image

2025-yil 18-dekabr kuni Prezident tomonidan **“Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”**gi PF–252-son Farmon qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, 2027-yil 1-yanvardan boshlab ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga oid loyihalar rejalashtirishdan tortib, foydalanishga topshirilgunga qadar bo‘lgan barcha bosqichlarda to‘liq raqamlashtiriladi.


Xususan:

  • rivojlantirish dasturlari Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Kapital qo‘yilmalar” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali elektron shaklda shakllantiriladi;
  • Davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish jarayonlari “Shaffof qurilish” platformasi orqali amalga oshiriladi;
  • buyurtmachi va pudratchilar o‘rtasidagi bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalarni kelishish “Shaffof qurilish” platformasida ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlariga asoslangan holda “Kapital qo‘yilmalar” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.


Shuningdek, 2026-yil 1-iyuldan boshlab avtomobil yo‘llari qurilishida kosmik tasvirlar va dronlar yordamida qurilish ishlari hamda moliyalashtirish hajmlarini taqqoslash asosida monitoring tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, 2026/2027-o‘quv yilidan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat auditi oliy maktabi alohida ta’lim yo‘nalishi sifatida tashkil etiladi.

openEye

1265

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar