Imtihon uchun hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi.
To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
-o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
-nogironligi bo‘lgan shaxslar;
-mehribonlik uylari bolalari;
-bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
-“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
-“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.
Eslatib o'tamiz, abituriyentlar uchun bu yilgi to'lov – 170 ming so'm.
139