
Koreya Ta’lim markazi bilan hamkorlikda 2024-yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahrida ilk bora "Koreys tili fanidan olimpiada - 2024" olimpiadasi tashkil etilmoqda.
Har bir maktabdan 3 nafargacha o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tishi mumkin (agar bitta maktabdan uch nafardan ortiq nomzod bo‘lsa, maktabning o‘zida ichki tanlov o‘tkaziladi va o‘tkazilgan tanlov natijalari asosida birinchi uchtalik olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tadi). O‘quvchi direktor nomidan tasdiqlangan (imzo va maktab shtampi bosilgan) tavsiyanoma asosida olimpiadada qatnasha oladi. Tavsiyanoma namunasini ro‘yxatdan o‘tish veb-saytidan olishingiz mumkin.

O‘quvchilar kectash-contest.softgo.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.
📌 Ro‘yxatdan o‘tishni oxirgi muddati 2024-yil 15-yanvar (ro‘yxatdan o‘tganlar soni 15-yanvardan oldin 250 kishiga ortiq bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tish muddatdan oldin tugatiladi).
☎ Murojaat uchun telefonlar:
+99 871 291-81-82
+99 871 291-82-83
📧 koreancontest.uzb@gmail.com
📧 kectash@gmail.com
541