Bilim va malakalarni baholash agentligi maʼlumotlariga koʻra, maktab bitiruvchilarining oliy oʻquv yurtlariga kirish oʻrtacha ballari soʻnggi besh yilda 69,8 baldan 78 ballga oshganligini koʻrishimiz mumkin (2020-yilda 69,8 ball, 2021-yilda 74,9 ball,2022-yilda 75,8 ball, 2023-yilda 76,1 ball, 2024 yilda 78 ball).
2024-yilgi abituriyentlarga tegishli oʻrtacha ball 70,8 ni tashkil etgani holda, joriy yil maktab bitiruvchilarining oʻrtacha bali umumiy koʻrsatkichdan 7,2 ball yuqori.
Maksimal ballning 75 foizidan yuqorisini (141,75 + ball) egallagan 41 009 nafar abituriyentning 32 949 nafari yoki 80 foizi aynan joriy yildagi maktab bitiruvchilari hisoblanadi.
243