1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Maktab o'quvchilariga ikkinchi xorijiy til o'qitiladi

05.02.2024
Article image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.


2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:


5–9-sinflarda xorijiy tilga o‘qitish intensivligini oshirish orqali o‘quvchilarda bazaviy bilim va nutqiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;


10–11-sinflarda xorijiy tilni o‘qitishda asosiy e’tibor o‘quvchilarning akademik yozuv va so’zlashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi;


“Fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish” yo‘nalishi doirasida xorijiy til fanini tanlagan o‘quvchilar 10–11-sinflarda ikkinchi xorijiy tilga o‘qitiladi.


2024-yil 1-mayga qadar 11-sinfda ikkinchi xorijiy tilning kamida A2 darajada o‘zlashtirilishini nazarda tutuvchi xorijiy til fani bo‘yicha o‘quv reja va dasturlar takomillashtiriladi.


2024-yil yakunigacha umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga xitoy, nemis, fransuz, koreys, ingliz va yapon tillari bo‘yicha malakali mutaxassislar jalb qilinadi.



openEye

56

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar