
Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Abdulaziz Sobirov dunyo reytingida TOP 5 likka kiruvchi Garvard universitetiga 354,000 AQSh dollari miqdoridagi grant bilan o‘qishga qabul qilindi.
Shuningdek, Abdulaziz AQShning bakalavriat kollejlari orasida 11-o‘rinni egallaydigan Grinnell kollejining 300,000 AQSh dollari miqdoridagi grantini ham qo‘lga kiritgan.
Abdulaziz IELTSdan 8,5 ball hamda SATdan 1560 ball sohibidir. U "Zakovat O‘quvchilar Ligasi" 2022-2023-mavsumi mutlaq g‘olibi – "Et Cetera" jamoasi a’zosi.
Qolaversa, Abdulaziz “Vice-head of the United students" vitse-prezidenti hamda "PSAD" klubi asoschilaridan biri hisoblanadi.
58