1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Maktab va bogʻcha rahbarlarining ish haqi oshiriladi

25.03.2025
Article image

📣 Maktab va bogʻcha rahbarlarining ish haqi oshiriladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan farmon imzolandi. (https://t.me/uztdi/9442)


Unga ko‘ra: 

➖ 2025-yil 1-sentabrdan boshlab maktab direktori lavozimining bazaviy tarif stavkasi 20 foizga, oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkasi 15 foizga oshirilib, bogʻcha direktorlari lavozimlarining bazaviy tarif stavkalari III va IV guruhdagi maktab direktori oʻrinbosari lavozimining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtirish orqali oshiriladi. 

➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, uning tizimidagi agentlik hamda markazlar, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari xodimlarining ko‘p yillik xizmati uchun rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi.

➖ tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari huzuridagi Maxsus ta’mirlash-ekspluatatsiya xizmatidan 810 ta shtat birligini maqbullashtirish hisobidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalari jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 5 002 taga yetkaziladi.

openEye

49

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar