
Maqsadli qabulda kimlar qatnasha oladi?
Kvota tasdiqlangach, maqsadli qabul o‘rinlari hududlar kesimida bo'linadi. Aynan bir hududga ajratilgan maqsadli qabul kvotasidan foydalanish uchun o‘sha hududda doimiy yashaydigan (propiskasi bor) abituriyent maqsadli qabuldan foydalanadi.
Abituriyentning umumiy o‘rta yoki o‘rta ta’limni tugatganligi to‘g‘risida hujjati, ya’ni shahodatnomasi ham bo‘lishi kerak.
Maqsadli qabulga kvotalar qanday taqsimlanadi?
Kvotalar yo‘nalishlar kesimida va yo‘nalishlar kesimidagi o‘rinlar esa hududlar kesimidataqsimlanadi. Masalan, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi kabi yo‘nalishlar alohida ajratiladi.
Maqsadli qabulda yetarli ball to‘plolmaganlar o‘qishdan yiqiladimi?
Maqsadli qabul tanlovida qatnashgan abituriyent kerakli ballni yig‘sa, u grant asosida talaba bo‘ladi. Lekin to‘play olmasa, boshqa abituriyentlar bilan birgalikda umumiy tanlovda qatnashadi. Balli yetsa, albatta, talaba bo'ladi.
O‘qishga topshirayotganda maqsadli qabul qanday tanlanadi?
OTMga kirish uchun onlayn ariza topshirayotgan abituriyent maqsadli qabulni tanlasa, ham maqsadli, ham umumiy tanlovda ishtirok etadi.
Maqsadli qabul bilan pastroq ball to‘plab ham grantga kirish mumkin.
Lekin 2 ta narsani hisobga olish kerak:
Maqsadli qabul bilan o‘qishga kirgan talabaga "perevod"ga ruxsat berilmaydi;
Keyinchalik o‘qishni tugatgandan so‘ng o‘z hududida 5 yil ishlab berish majburiyati qoyiladi
380