Mentalaba "President Tech Award" g'olibi bo'ldi.
Mentalaba.uz O'zbekiston Respublikasidagi eng katta tanlovlardan biri bo'lgan umumiy sovrin miqdori $1.000.000 bo'lgan "President Tech Award" musobaqasida "Ijtimoiy sohada axborot texnologiyalari" yo'nalishi bo'yicha 1-o'rinni egalladi va $100.000 pul mokofotini qo'lga kiritdi.
➡️ Bu natijaga erishish oson bo'lmadi. Barcha jamoa a'zolarimiz, foydalanuvchilarimiz, bizga ishongan va qo'llab quvvatlaganlarga minnatdorlik bildiramiz.
➡️ Keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan bizga berilgan ishonchni yanada oqlashga va O'zbekiston Respublikasidagi ta'lim islohotlarida yanada katta hissa qo'shishga vada beramiz.
➡️ Mentalaba.uz loyihasi orqali biz abituriyentlar va ularning ota-onalari chun ta'limda bo'layotgan yangi imkoniyatlarni topib berishga va oliy ta'lim muassasalari uchun mos keladigan talabalarni jalb qilgan holda yurtimizdagi oliy ta'limni jadal rivojlanishiga harakat qilamiz.
📌 O'ylaymizki, biz siz bilan birgalikda, O'zbekistonda ilmli va raqobatdosh yoshlarni yanada ko'paytiramiz
125