1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Milliy sertifikat test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmaganlarga to‘lovni qaytarib olish imkoniyati yaratildi

22.10.2024
Article image

Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.


❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.


📌Mazkur xizmat sinov rejimida ishlamoqda!



openEye

19

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar