Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.
31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;
1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;
2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);
3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
Eslatma: OTMlarda o'quv yili 9-sentyabrdan boshlanadi.
219