1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida 2023/24 qabulida kirish ballari qanday bo'lgan?

10.05.2024
Article image

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti O'zbekiston Respublikasida joylashgan eng katta konchilik va texnologiyalar sohasidagi ta'lim markazlaridan biridir.


2023-2024 o'quv yili qabulida KIRISH BALLARI qanday bo'lgan?


Yuqori ko'rsatgich "Iqtisodiyot: tarmoqlar va sohalar bo‘yicha" yo'nalishida bo'lgan:


Umumiy kvotalar soni - 25 ta o'rin ajratilgan.

Davlat granti uchun - 3 ta

Shartnoma (kontrakt) asosida - 22 ta.


- Davlat granti asosida kirsh uchun - 159.6 ball,

- Shartnoma asosida kirish uchun - 109.6 ball bo'lgan.


Past o'tish bali "Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar bo‘yicha)" yo'nalishida bo'lgan:


Umumiy kvotalar soni - 20 ta o'rin ajratilgan.

Davlat granti uchun - 5 ta

Shartnoma (kontrakt) asosida - 15 ta.


- Davlat granti asosida kirsh uchun - 77.9 ball

- Shartnoma asosida kirish uchun - 66.4 ball bo'lgan.


Universitet konchilik, yengil sanoat, informatika, dizayn, tibbiyot va boshqa sohalarda bakalavriat, magistratura va doktorantura darajalarida ta'lim beradi.


- -> Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti fakultetlari, ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumotlar


- -> Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti 2023/24 o'quv yılidagi kvotalar va kirish ballari

openEye

1830

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar