1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 NODAVLAT OLIYGOHLAR HAQIDA!

18.03.2024
Article image

So'nggi vaqtda xususiy oliygohlar soni kun sayin ortib bormoqda. Ko'pchilik ushbu oliygohlarda o'qish qanchalik ishonchli ekanligi haqida so'rashadi, bugun manashu mavzuga to'xtalamiz.


Nodavlat oliygohlarning davlat oliygohlaridan afzalliklari:

– Xususiy oliygohlarda ta'lim sifati davlat oliygohlaridan kamida 2 barobar yuqori

– Xorijlik o'qituvchilar, yuqori malakaga ega noyob pedagoglar

– Darslarning asosan chet tilida olib borilishi

– Bakalavr daraja bilan birgalikda chet tili o'rganish imkoniyati

– Ayrim oliygohlari ta'lim davrida IELTS darajasini ham kafolatlaydi

– Zamonaviy o'quv auditoriyalari va zamonaviy sharoit-muhit

– Qattiqqo'l o'quv tizimi

– O'qishga kirishning nisbatan osonligi

– Deyarli ta'lim davrida ish topish, ayniqsa xorijiy davlat yoki xorijiy kompaniyalardan ish topishning osonligi


Nodavlat oliygohlarning davlat oliygohlaridan kamchiligi:

– Kontrakt summalarining yuqoriligi

– Ta'lim yo'nalishlarining nisbatan kamligi

– Davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish imtihon asosida bo'lishi

– Qattiqqo'l ta'lim tizimi (ayrim talabalar buni kamchilik deb hisoblashadi)


Aslida moliyaviy imkoniyati ko'targan kishilar nodavlat oliygohlarda o'qiganlari yaxshi. Sababi u yerdagi ta'lim tizimi sizni o'sishingizga majbur qiladi. Sohangiz va til o'rganasiz. Xorijiy va mahalliy yirik kompaniyalarga ishga kirishga oliygohlarning o'zi sizga ko'maklashadi. Xullas nodavlat OTMlarda o'zaro raqobat borligi sababli ham ular talaba va sharoitlarni juda yuqori qilishga harakat qiladi. Agarda moliyaviy imkoniyatingiz ko'tarsa xususiy oliygohlarda o'qing, ko'tarmasa davlat oliygohlarida.


XULOSA: Nodavlat OTMlarda tahsil olayotgan talabalar qo'rqmay tahsilni davom ettiring. Sizga yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, har bir daqiqani g'animat biling va shaxsiy karyerangiz uchun harakat qiling.

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar