1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Nodavlat oliygohlar tomonidan ikki xil namunadagi diplomlar beriladi

24.06.2024
Article image

📣

📰Davlat namunasidagi DIPLOM – nodavlat oliygohlarda davlat standartiga javob beradigan o'quv dasturidan foydalanilganda davlat namunasidagi diplom beriladi. Ya'ni o'quv dasturi davlat tizimida bo'lsa, davlat oliygohlari tomonidan berilayotgan diplomlar bilan bir xil diplom oladilar.


📰Ixtiyoriy namunadagi DIPLOM – nodavlat oliygohi o'zi ishlab chiqqan o'quv dasturi standarti asosida o'qitayotgan bo'lsa, talabaning mutaxassislik bo'yicha ta'lim dasturini to'la o'zlashtirishini kafolatlovchi hujjatlar mavjud bo'lgan taqdirda ixtiyoriy namunadagi diplom berilishi mumkin.


🗂 Ya'ni xorijiy yoki o'zi tomonidan ishlab chiqilgan davlat dasturi bo'yicha bo'lmagan ta'lim tizimida o'qitayotgan oliygohlar o'zlari istagan usulda diplom berishlari mumkin. Ya'ni beriladigan diplom namunasi (shakli) oliygoh tomonidan mustaqil yaratiladi.


❔ Xavotirlanishga asos yo'q! Ikkala diplom ham "Ta'lim to'g'risidagi qonun"ning 31-moddasiga binoan davlat oliygohlari bilan bir xil TENG KUCHGA EGA hisoblanadi.

openEye

294

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar