1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga o'qishni ko'chirish tartibi

29.02.2024
Article image

Har yili 15-iyuldan o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi. Nodavlat oliygohda tahsil olayotgan talabalar davlat oliygohiga o'qishni ko'chirish uchun uzbmb.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tadilar.


Talabalar uzbmb.uz sayti orqali arizani onlayn ravishda to'ldirishadi hamda transkript (yoki zachotka) yuklashadi. (Pdf yoki jpg varianti)


Qabul jarayonlari 5-avgust sanasida yakunlanadi hamda 15-20-avgust oralig'ida o'qishni ko'chirish uchun imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tadi.


Nodavlat OTM talabasi davlat oliygohiga 2 xil usul bilan "perevod" qilishi mumkin:

- Mos va turdosh yo'nalishlarga – imtihon asosida.

- Noturdosh yo'nalishlarga – imtihonsiz, shunchaki super kontrakt to'lasa kifoya.


openEye

8512

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar