1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

O‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘rganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi

17.02.2025
Article image

📣

Endi, xorijiy tillardan “C1” darajasiga ega boʻlgan yoshlar tashabbus koʻrsatib, olis va chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan oʻquv markazlarini ochsa, ularga 120 million soʻmgacha foizsiz ssuda beriladi.


Shuningdek, mehnat bozoriga til biladigan yoshlar kirib kelishini ragʻbatlantirish uchun xususiy oʻquv markazlarida xorijiy tillarni oʻrganadigan yoshlarga xarajatlari “2+6” shaklida qoplab beriladi. Bunda oʻquv xarajatlarining dastlabki 2 oyi oʻquvchilarning oʻz mablagʻidan, qolgan 6 oyi davlat hisobidan toʻlab beriladi.


Bundan tashqari "Kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli" bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Endilikda kambag‘al oilalarning farzandlariga:

- ta'lim krediti foizsiz beriladi;

🔺qo‘shimcha grant ajratiladi;

🔺- kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.


✅Dunyoning nufuzli “TOP-100” oliygohlarida ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi.


✅Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.


✅Xizmat ko‘rsatish sohasida yoshlarni ishga olib, kamida 3 million so‘m oylik to‘lagan korxonalarga ijtimoiy soliq 1 foiz bo‘ladi. Bu imtiyoz 3 yil amal qiladi.



openEye

128

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar