1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

OTMlarga kirishda nogironligi bo’lgan abituriyentlarga beriladigan imtiyozlar

03.06.2025
Article image

Nogironligi bo‘lgan shaxslarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirishda qanday imtiyozlar berilishini bilasizmi?


✅ I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar uchun alohida ikki foizli davlat granti kvotalari ajratiladi.


⏳ Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.


👨‍🎓 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan ko‘zi ojiz abituriyentlar Davlat komissiyasi qarori asosida tanlovsiz, alohida ajratilgan o‘rinlarga davlat granti asosida qabul qilinadi.


💸 I, II va III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda nogiron bolalar test sinovi uchun to‘lovdan ozod etiladi.


Oliy ta’lim muassasalariga nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘shimcha davlat granti kvotalari asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomi: https://lex.uz/docs/-3765153?ONDATE=08.02.2022


openEye

315

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar