1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 O‘zbekistonda qancha Oliy ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda?

05.03.2024
Article image

2023-yilda 7 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni jami 213 taga yetdi


Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lum qildi.


2023-yilda 7 ta yangi oliy ta’lim muassasasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning soni jami 213 taga yetdi. Shundan 116 tasi davlat, 67 tasi nodavlat, 30 tasi esa xorijiy oliy ta’lim muassasalaridir.


Hozirda 213 ta oliygohda 1 mil 300 ming nafardan ziyod talaba tahsil olib, bu ko‘rsatkich orqali yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2022 yilgi 38 foizdan 42 foizga oshdi.


2023/2024 o‘quv yili uchun 48 ta davlat oliy ta’lim muassasasining 20 ta xorijiy mamlakat bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlari ekspertizadan o‘tkazildi. Ijobiy xulosa berilgan 289 ta qo‘shma ta’lim dasturi uchun 6 818 ta kvota kelishib berildi.


QS “Fan sohalari reytingi”da 2 ta oliygoh 4 ta fan sohalari bo‘yicha “TOP-500”, “QS Osiyo universitetlari reytingi 2024” ro‘yxatida 14 ta oliygoh “TOP-1 000”, “QS Sustainability Rankings – 2024” reytingida 3 ta oliygoh “TOP-1 000” universitetlar ro‘yxatiga kiritildi.


Oliygohlar va ilmiy tashkilotlar tomonidan 275,1 mlrd so‘mlik jami 486 ta ishlanma tijoratlashtirildi. Doktorantura uchun kvotalar soni 2021-yilga nisbatan qariyb 4 baravarga oshirilib, 2022 yilgi 4100 tadan 4307 taga yetkazildi.


6 ta ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkazildi.


Sohani raqamlashtirishga qaratilgan 9 ta axborot tizimi ishlab chiqilib, yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 11 ta davlat xizmati ishga tushirildi. «Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish – HEMIS» axborot tizimining mobil ilovasi ishlab chiqildi.


2023-yildan boshlab S1 darajadagi sertifikati bor professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari ish haqlariga ham 50 foiz miqdorda ustama haq to‘lash yo‘lga qo‘yildi.


Texnikumlarda grant o‘rinlar soni 22 368 taga yetkazilib, 2022/2023-o‘quv yiliga nisbatan 1,5 barobarga oshirildi. Akademik litsey bitiruvchilarining oliygohlarga o‘qishga kirish ko‘rsatkichi 90 foizga yetdi.

openEye

1058

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar