1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Oʻzbekistonlik Rayyona Butunjahon NEMIS tili olimpiadasi (IDO)da OLTIN medal sohibasi bo'ldi

25.07.2024
Article image

Andijon shahridagi 4-umumtaʼlim maktabining 10-sinf oʻquvchisi Rayyona Ibrohimova Germaniyaning Gyottingen shahrida oʻtkazilgan Butunjahon nemis tili olimpiadasida (The Internationale Deutscholympiade — IDO) OLTIN medalni qoʻlga kiritdi.


📆15-22-iyul kunlari boʻlib oʻtgan olimpiadada 62 ta davlatning 14 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan 100 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.


✅ Olimpiada uchta yo‘nalishda — A2, B1 va B2 darajada o‘tkazildi, Rayyona B1 daraja yo‘nalishida oltin medal oldi.



openEye

167

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar