Pedagogika va psixologiya – taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.
Pedagog-psixolog: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagog-psixolog va ijtimoiy pedagog bo‘lib ishlash;
O‘qituvchilik: akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlash;
Tarbiyachilik: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo‘lib ishlash;
O‘quv-metodik: mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash,
ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash mumkin.