
Dastur Xitoydagi hamkorimiz — Beijing Institute of Economic Management bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Siz nafaqat universitet darslarida qatnashasiz, balki xalqaro ta’lim muhitini ichidan his qilib, o‘zingizni shu tizimda sinab ko‘rasiz. Dastur davomida professional ma’ruzalar, marketing va elektron tijorat yo‘nalishidagi seminarlar, shuningdek xitoy tili va madaniyatiga oid amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 🎁 Akademik qism bilan bir qatorda, Pekinning eng muhim tarixiy maskanlariga tashriflar ham kiritilgan. Shu bilan birga, JD Logistics kabi Osiyoning eng yirik logistika markazlaridan biriga tashrif orqali zamonaviy biznes jarayonlari bilan tanishasiz. Safar 10 kun davom etadi. Yashash, ovqatlanish, transport, ekskursiyalar va sug‘urta dastur doirasida qamrab olingan (aviachipta mustasno). Bu safar sizga qisqa vaqt ichida xalqaro tajriba, yangi muhit va global fikrlashni beradi — oddiy sayohat buni bera olmaydi. Ishtirok etish narxi: O‘qituvchilar uchun — 700$ Talabalar uchun — 600$ Batafsil dastur va kunlik jadval — havola orqali. Joylar cheklangan. Hozirda atigi 10 ta joy qoldi. O’z joyingizni band qillish yoki qo’shimcha ma’lumot olish uchun hoziroq @Shavkatova_Mahliyo ga bog’laning ☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
3