1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Prezident maktablari soni ortmoqda

08.02.2024
Article image

Yangi o‘quv yilida prezident maktablari ta’lim dasturi yana mingta maktabda boshlanadi

Hokimlar ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilashga mas’ul bo‘ladi.


Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda maktab ta’limidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.


Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim vazirliklari bilan birgalikda Respublika ilmiy-metodik markazi va Loyiha ofisiga maktablarda matematika, fizika, kimyo, biologiya va xorijiy tillar bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarini xalqaro standartlar asosida yangilash, shuningdek, o‘quvchilar bilimi, tahliliy, tanqidiy va kreativ fikrlashi, muammolarga yechim topib, amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘quv metodikalarini ishlab chiqish topshirildi.


Bunda, tan olingan xorijiy dasturlar (A-level, IB kabi), o‘quvchi va muallimlar bilimini baholashda xalqaro tajribalar (PISA, TIMSS, PIRLS) bosqichma-bosqich joriy etiladi.


Prezident maktablari ta’lim dasturi 2024-2025 o'quv yilidan boshlab yana 1 mingta maktabda boshlanadi.

openEye

98

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar