1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Sirtqi ta’lim tugatiladi. Endi nima bo‘ladi?

07.05.2025
Article image

📣Kecha xabar berilganidek, bu yildan boshlab sirtqiga qabul bo‘lmaydi. Uning o‘rniga kunduzgidan tashqari boshqa ta’lim yo‘nalishlariga qabul oshiriladi.


⚡️Part-time education

Shuningdek, yangi ta’lim turi — maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli (part-time education) bo‘yicha o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi.


Part-time education nima?

Part-time education — bu darslar haftaning ma’lum kunlarida yoki kechki vaqtlarda o‘tkaziladigan o‘qish shakli. Ayniqsa, ishlayotgan yoki boshqa majburiyatlari bo‘lgan talabalar uchun juda qulay!


Kimlar uchun?✔️- Ishlayotgan yoshlar ✔️- Oilaviy majburiyatlari borlar ✔️- Moslashuvchan o‘qish jadvalini istovchilar 📌

Xususiyatlari:➖- Darslar haftasiga bir necha kun yoki kechki payt bo‘ladi ➖- O‘qish muddati to‘liq shakldagidan biroz uzoqroq bo‘lishi mumkin ➖- Mustaqil o‘rganishga ko‘proq e’tibor qaratiladi 🎯

Afzalliklari:✅- Ish va o‘qishni birga olib borish ✅- Tajriba orttirish imkoniyati ✅- O‘qish xarajatlarini o‘zingiz qoplash imkoniyati ✅- Moslashuvchan vaqt va sharoit⏳

openEye

633

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar