1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Sport va jismoniy tarbiya yo‘nalishlarida OTMlariga qo‘shimcha davlat GRANTI kimlarga beriladi?

04.05.2024
Article image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022/06/15dagi PQ-279-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2008/10/13dagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik liseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan;


OTMlariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlarida oxirgi to‘rt yilda, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1 — 3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar