1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Talabalar amaliyot o‘tagani uchun pul olishi mumkin

23.03.2024
Article image

Joriy yilning yanvar oyida e'lon qilingan hukumat qaroriga ko'ra, bitiruvchi talabalar bir oydan uch oygacha iqtisodiyot tarmoqlari korxonalarida haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotida bo‘lishi mumkin.


Nizomga ko'ra, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o'rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o'tkaziladi.

Tanlovda qatnashish uchun talaba:     

- arizani yozma yoki elektron shaklda o'zi o'qiyotgan oliy ta'lim tashkilotiga topshirishi;

- bitiruvchi bosqichda ta’lim olayotgan bo'lishi;

- ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) tarmoq korxonasidagi faoliyat yo'nalishiga mos bo'lishi; 

- O'zbekiston rezidenti bo'lishi lozim.

Oliy ta'lim tashkiloti ariza bergan talabalar to'g'risidagi ma'lumotlarni yo'llanma xati bilan Maxsus komissiyaga 5 ish kunida taqdim etadi. 


Amaliyot o‘tash uchun 500 ta (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan) o‘rin ajratiladi. 


Nizom harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta'lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar