1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Talabalar tomonidan sun’iy intellektga asoslangan IELTS Mock platformasi yaratildi

10.03.2024
Article image

Toshkent shahridagi Inha universiteti talabalari Behzod Shuhratov va Javohir Shomuratov ingliz tilidan bilim darajasini onlayn aniqlash imkoniyatini beruvchi Examy.uz - IELTS Mock platformasini ishlab chiqishdi.


Bu platformada foydalanuvchilar IELTSning har to‘rtala — Listening, Reading, Writing hamda Speaking qismlarida test topshiradilar va taxminiy IELTS darajalarini bilib olishlari mumkin.


Platforma afzalliklari:


testni to‘liq yoki har bir qismni alohida topshirish mumkin ;


natijalar 1 daqiqa ichida ma’lum bo‘ladi;


xatolarni ko‘rish va tavsiyalar olish;


istalgan joydan turib kompyuter yoki telefonda test topshirish imkoniyati bor.


Examy.uz dan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma bu yerda.

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar