1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Ta'limga oid DIPLOMlarni haqiqiy yoki qalbaki ekanligini bilish mumkin.

29.02.2024
Article image

Endilikda diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, litsey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.


Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

- bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

- diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikatsiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.


Platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.


openEye

448

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar