
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:
2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.
Unda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.
Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:
1. Oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2. O‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3. Qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.
Majburiy fanlar esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi
209