
Avval test, keyin yo‘nalish tanlash tartibining texnologik nizomi ishlab chiqilyapti.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev bu tartibning tamoyili ishlab chiqilayotgani, tez orada e’lon qilinishini bildirdi.
Yangi tartibning qanday bo‘lishini Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori o‘rinbosari Farhod Mirzayev tushuntirib berdi. Jarayonda hech qanaqa katta o‘zgarish bo‘lmasligi, bolalarning o‘qishiga ularning tayyorlanishiga yoki ro‘yxatdan o‘tishiga ta’sir yo‘qligini bildirdi.
Jarayon 2 bosqichda bo‘ladi.
Unga 1-2 kun emas, "10-15 kun vaqt berilishi mumkin”, – deb tushuntirdi Farhod Mirzayev.
Shuningdek, agentlik vakili abituriyentda oldindan o‘tish ballarini ko‘rish imkoniyati bo‘lishini aytib, abituriyent grant ololmayman degan qo‘rquvda bo‘lmasligi kerakligini ta’kidladi.
199