1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Texnikumlarni 4 yoki 5 baholarga tamomlagan bitiruvchilar oliy taʼlim muassasalariga suhbat asosida 2-bosqichdan qabul qilinadi.

02.02.2024
Article image

2022-yil 11-yanvar kuni hukumatning 17-sonli qaroriga ko‘ra, texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni OʻZ SOHASIGA MOS bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlarisiz, suhbat asosida OTMlarning 2-bosqichidan oʻqishini davom ettirish uchun qabul qilish tartibi belgilangan.


Bitiruvchi suhbatga tavsiya etilishi uchun texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) “5 (a’lo)” bo‘lishi talab etiladi.


Oʻqishga qabul qilish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.


openEye

46

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar