1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar uchun oliy ta’limga qabul qilish bo‘yicha suhbat qachon boʻladi?

09.07.2024
Article image

📣

📝Amaldagi Nizomga muvofiq, onlayn ro‘yxatdan o‘tgan (my.edu.uz orqali) bitiruvchilarning tizimga yuklangan hujjatlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan har yili 5-avgustga qadar o‘rganib chiqiladi va o‘rganish natijalari bo‘yicha abituriyentlarning shaxsiy kabineti orqali ularga xabar beriladi.


🏛Bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni har yili 10-avgustdan 25-avgustgacha, oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilangan muddatda o‘tkaziladi.


🎙Suhbat o‘tkazish muddatlari suhbat jarayonlari boshlanishidan kamida bir hafta oldin oliy ta’lim muassasasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.


🖥Suhbat orqali qabul qilish tartibi texnikumni tamomlagan yildan boshlab ikki yil mobaynida tatbiq etiladi.


openEye

132

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar