1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Toshkent davlat agrar universiteti hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistonda barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish yo‘lida muhim hamkorlik kelishuvini imzoladi.

29.03.2026
Article image

Mazkur kelishuv Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilayotgan “Xavfli kimyoviy moddalarni oqilona boshqarish uchun texnik ko‘maklashish” loyihasi doirasida hayotga tatbiq etiladi. Hamkorlik doirasida Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida paxta, bug‘doy, olma bog‘lari hamda issiqxona pomidorlari kabi asosiy ekinlarda integratsiyalashgan zararkunandalarga qarshi kurash (IPM) usullari bo‘yicha dala sinovlari o‘tkaziladi. Ushbu sinovlar barqaror va an’anaviy qishloq xo‘jaligi yondashuvlarini taqqoslash, shuningdek, kimyoviy pestitsidlardan foydalanishni kamaytirgan holda hosildorlikni saqlab qolish imkoniyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tashabbus doirasida fermerlar, tadqiqotchilar, talabalar va soha mutaxassislari faol jalb etilib, milliy salohiyatni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratiladi. Dala sinovlari davomida biologik va integratsiyalashgan himoya usullari sinovdan o‘tkazilib, ekinlar samaradorligi hamda atrof-muhit ko‘rsatkichlari monitoring qilinadi. Shuningdek, hosildorlik, zararkunandalar va kasalliklar tarqalishi, iqtisodiy hamda ekologik samaradorlik bo‘yicha keng qamrovli ma’lumotlar yig‘ilib, tahlil qilinadi. Olingan natijalar texnik hisobotlar va targ‘ibot tadbirlari orqali keng jamoatchilikka yetkaziladi. Mazkur hamkorlik O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash, pestitsidlar bilan bog‘liq xavflarni kamaytirish va barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarini rivojlantirish orqali xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlar:

openEye

10

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar