
Mazkur seminarda Qozog‘iston Respublikasidagi Meta Universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etib, oliy ta’lim tizimida raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Seminar davomida ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim platformalari, innovatsion o‘qitish usullari hamda sun’iy intellektdan ta’lim jarayonida samarali foydalanish bo‘yicha muhim ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tajriba almashish va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘rtasida qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari belgilab olindi. Ijtimoiy tarmoqlar:
40