1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023/24 qabulida kirish ballari qanday bo'lgan?

03.06.2024
Article image

Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti - Oʻzbekistonning eng nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri. Universitet oʻzbek tilining Oʻzbekistonda va xalqaro miqyosda nufuzini oshirish, oʻzbek adabiyoti, folklori, milliy qadriyatlarini targʻib etish, oʻzbek xalqining maʼnaviyati, tarixi va madaniyati, falsafasini tadqiq etish va ushbu maqsadni amalga oshirish uchun yetuk mutaxassislarni tayyorlaydi.


2023-2024 o'quv yili qabulida KIRISH BALLARI qanday bo'lgan?


Yuqori ko'rsatgich "Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili" yo'nalishida bo'lgan:


Umumiy kvotalar soni - 75 ta o'rin ajratilgan.

Davlat granti uchun - 15 ta.

Shartnoma (kontrakt) asosida - 60 ta.


- Davlat granti asosida kirsh uchun - 170.8 ball,

- Shartnoma asosida kirish uchun - 151.6 ball bo'lgan


Past o'tish bali "Sotsiologiya" yo'nalishida bo'lgan:


Umumiy kvotalar soni - 50 ta o'rin ajratilgan.

Davlat granti uchun - 15 ta.

Shartnoma (kontrakt) asosida - 35 ta.


- Davlat granti asosida kirsh uchun - 90.7 ball.

- Shartnoma asosida kirish uchun - 74.3 ball bo'lgan.


Times Higher Education (THE) Xalqaro reyting agentligi tomonidan e'lon qilingan "THE Impact Rankings 2022" reytingi javoblari bo'yicha Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti top 1000+ universitetlar ro'yxatiga kiritildi.


- ->Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti fakultetlari, ta'lim yo'nalishlari haqida batafsil ma'lumotlar


- -> Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2023/24 o'quv yılidagi kvotalar va kirish ballari

openEye

259

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar