1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Vaqtincha ishsiz pedagoglar attestatsiyada ishtirok eta olmaydi

09.08.2024
Article image

 Ayrim pedagoglar telegram botimiz(@uztdibot)ga “Yangi tartib boʻyicha ishsiz pedagoglar ham oʻz ixtiyori bilan attestatsiyada ishtirok etishi mumkinmi?” degan savol bilan murojaat qilishgan.


✔️Javob: Yoʻq ishtirok eta olmaydilar. Hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-bandi koʻra “Ushbu nizom davlat maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, professional va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilaydi”.


🔍Yaʼni malaka toifasi olish uchun oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun pedagog albatta, taʼlim tashkilotida asosiy yoki oʻrindoshlik (soatbay) asosida faoliyat olib borayotgan boʻlishi kerak.


🔍 Joriy yil avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada ishtirok etishlari uchun 1-avgustdan 1-oktyabrga qadar ro'hatdan o'tiladi. Muddat yakunlangunga qadar ishga kirib attestatsiyada ishtirok etish uchun ariza berish mumkin.  



openEye

132

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar