
Xozirgi kunda xalqaro til sertifikatini olish uchun imtihondan yuqori ball to‘plagan yoshlarga davlatimiz tomonidan xarajat to‘liq qoplab berilishi tizimi joriy etildi. Natijada, o‘tgan 3 yil ichida minglab yoshlarga 40 milliarddan ziyod kompensatsiya puli to‘lab berildi.
Yoshlar o‘zi tanlagan yo‘nalishning yetuk mutaxassisi bo‘lishi yoki dunyoga chiqishi uchun xorijiy tilni puxta o‘zlashtirishi bunda bilim darajasini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatni olishi talab etiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda 18 ta ana shunday til sertifikatlari bo‘yicha o‘quvchi-talabalar tahsil olmoqda. 2021 yildan imtihonlardan yuqori ball to‘plagan yoshlarning imtihon xarajatlarini davlat tomonidan to‘liq qoplab berish amaliyotining tatbiq etilishi o‘g‘il-qizlar uchun til o‘rganishda katta imkoniyat va motivatsiya bo‘ladi.
Magistraturada o‘qish uchun xalqaro til sertifikati bor bakalavriat bitiruvchilari magistraturaga hujjat topshirsa, o‘qishga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu katta imkoniyat. Xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lgan talaba magistraturada kontrakt puli to‘lamaydi.
IELTS va CEFR sertifikati shu maqsadda izlanayotgan yoshlarga xorijiy ta'lim eshiklarini ochuvchi vosita hisoblanadi.
Ma’lumot o’rnida: 2023 yilda 12 ming 400ga yaqin yoshlarga 21,7 milliard so‘mga yaqin mablag‘ to‘lab berildi.
290