O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga 1200 ta davlat granti ajratildi.
Ushbu GRANT kvotasi O’zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlarga eng yuqori ball bilan o’qishga kirgan abituriyentlarga beriladi. Boshqacha aytganda davlat ularning kontraktlarini to’lab beradi.
Ayrim jihatlari:
- xorijiy va nodavlat OTMlarga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan va o‘qishni tamomlagandan so‘ng kadrlar buyurtmachisi tizimida 5 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida ishlab berish istagini bildirgan abituriyentlar bilan uch tomonlama (kadrlar buyurtmachisi–talaba–oliy taʼlim tashkiloti) shartnoma tuziladi;
- eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar shartnoma imzolash istagini bildirmagan taqdirda, shartnoma tuzish huquqi kirish imtihonlarida to‘plagan ballar ketma-ketligiga mos ravishda keyingi o‘rindagiabituriyentga beriladi.
Grantlar ajratilgan OTM ro'yxati bilan quyidagi havola orqali o'tib tanishing: https://t.me/mentalaba_uz
253