1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Xotin-qizlarga foizsiz TA'LIM KREDITI beriladi

11.07.2024
Article image

Prezidentning 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-sonli qaroriga ko‘ra, to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan xotin-qizlarga joriy yildan boshlab imtiyozli foizsiz ta’lim krediti beriladigan bo‘ldi.


Kimlarga beriladi?

➖- O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga (davlat, xususiy va xorijiy OTMlar filiallari);

➖- O‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilariga (texnikum, kasb-hunar kolleji va h.k.).


Qaysi ta’lim shakliga beriladi?

➖- Kunduzgi


Quyidagilarga berilmaydi:

➖-super-kontrakt;

➖-qo‘shma ta’lim.


14 foizda berilar ekan-ku, nega foizsiz deyilyapti?

➖Ta’lim krediti aslida 14 foizlik stavkada beriladi. Ammo bu foiz qismini xotin-qizlar to‘lamaydi, davlat to‘lab beradi. Aniqrog‘i Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi tomonidan qoplanadi. Xotin-qizlar faqat ta’lim kreditining asosiy qismini to‘laydi xolos.


To‘lash qachondan boshlanadi?

➖Ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab (ya’ni olti oy o‘tib) 7-yil davomida qaytariladi. Masalan, 7 mln so‘m ta’lim krediti olinsa, o‘qishni tugatgandan so‘ng, 6 oy o‘tgach 7-yil mobaynida oyma-oy 83 ming so‘mdan to‘lab boriladi.


Qanday hujjatlar kerak?

➖- bankka ariza; ➖- shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

➖- ta’lim muassasasi bilan to‘lov-kontrakt shartnomasi;

➖- talabaning doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari va boshqa uchinchi shaxs birgalikda qarz oluvchi sifatida ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat.


❗️“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.



openEye

2696

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar