1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?

24.06.2025
Article image

🎓 Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?


Ha, mumkin!


Ayni paytda qabul jarayonlari davom etayotgani bois, abituriyentlar orasida eng ko‘p berilayotgan savollardan biri — “Xususiy universitetdan davlat universitetiga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi?” bo‘lmoqda.

📅 Ariza topshirish sanalari:

📅 15-iyul — 5-avgust oralig‘ida

💻 my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tiladi


📝 Kerakli hujjatlar:

– Ariza (onlayn)

– Transkript yoki zachotka (PDF yoki JPG ko‘rinishda)


Nodavlat oliy ta’lim muassasasidan davlat oliy ta’lim muassasasiga ko’chirishning quyidagi 2 xil yo’li mavjud:

1. Mos va turdosh yo’nalishlarga:

Siz o‘qishingizni O‘zbekiston Respublikasidagi nodavlat oliy ta’lim muassasasi yoki respublikamizdagi xorijiy oliy ta’lim muassasasining filialidan davlat oliy ta’lim muassasasiga mos yoki turdosh yo‘nalish bo‘yicha ko‘chirish uchun ro‘yxatdan o‘tsangiz ushbu ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan maxsus sinov (test) topshirasiz va maxsus sinov natijasiga ko‘ra o‘qishingizni ko‘chirish masalasi ko‘rib chiqiladi.


2. Noturdosh yo’nalishlarga:

Agar Siz o‘qishingizni davlat oliy ta’lim muassasasining turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tsangiz, ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning to‘lovni amalga oshirishingiz lozim bo‘ladi.

openEye

488

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar