1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

📣 Yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan MILLIY sertifikat imtihonlari e'lon qilindi

15.01.2024
Article image

Yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan MILLIY sertifikat imtihonlari e'lon qilindi 

 

2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan MILLIY sertifikat imtihonlari tashkil etiladi. 

 

Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. 

 

Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 

  

Eslatma: Test sinovlari o'tkaziladigan sana, fan nomlarini (rasmda) ko'rsatilgan. Talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.


openEye

487

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar