1. Asosiy/
  2. Yangiliklar

Yosh bolali xotin-qizlar OTMda onlayn tahsil olishi mumkinmi?

04.11.2024
Article image

Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 – yildagi 344 – son qarorining 11 – bandiga ko‘ra talabalar arizasiga (ixtiyoriga) ko‘ra oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori)ning buyrug‘iga muvofiq, uning o‘qishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy ta’lim shakliga o‘tkazilishi mumkin.


Bunda Oliy ta’lim muassasasida ushbu ta’lim yo‘nalishi uchun masofaviy ta’lim shakli mavjud bo‘lgan taqdirda talabaning o‘qishi arizasiga ko‘ra belgilangan muddatga onlayn ta’lim shakliga o‘tkaziladi.


Bundan tashqari Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 – yildagi 344 – son qarorining talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, o‘zi, ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs tomonidan OTM rektori nomiga akademik ta’til olish uchun ham ariza bilan murojaat etishi lozim.


Ushbu qarorga ko‘ra quyidagi hollarda talaba akademik ta’til olishi mumkin.

- salomatligini tiklash uchun;

- homiladorlik va tug‘ish uchun;

- va boshqa holatlarda.


Yuqoridagi asoslar bo‘lganda va OTMda masofaviy ta’lim shakli bo‘lganda o‘qishni onlayn shaklga o‘zgartirilishi mumkin.


openEye

302

Mavzular

Mavzuga oid yangiliklar

Universitetlar