📁 O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, yoshlar daftaridagi yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari qoplanadi.
Bu miqdor — BHMning 4 baravarigacha, 1 mln 320 ming so‘mgachani tashkil qiladi.
Avtomaktabda o'qish istagi bolgan yoshlar tuman (shahar) yoshlar ishlari agentligi (yoshlar.gov.uz) bo‘limiga ariza hamda o‘quv kursi shartnomasi nusxasini berishlari shart.
Shartnomada ta’lim tashkiloti nomi, STIR, o‘quv kursi yoki kasb-hunar nomi, bir oylik to‘lov miqdori va umumiy muddat ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
📌 Yoshlar ishlari bo‘limi o’‘qish pulini qoplab berish-bermaslik haqida o‘rtacha 8 kun ichida javob beriladi.