
Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti tashabbusi bilan 2026-yil 17-aprel kuni xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Tilshunoslik, tarjimashunoslik va lingvodidaktika yo‘nalishlarida ilmiy izlanish olib borayotganlar uchun ochiq platforma bo‘lib, unda yetuk olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin. 📌 Konferensiya yo‘nalishlari: • Zamonaviy tilshunoslikning yangi tendensiyalari; • Chet tillarni o‘qitishda innovatsion yondashuvlar; • Madaniyatlararo muloqot va lingvomadaniyat; • Tarjimashunoslikning dolzarb masalalari. 🎁 Ishtirokchilar uchun imkoniyatlar: • Bepul ishtirok va maqolalarni chop etish; • Konferensiya materiallari (PDF) universitet saytida e’lon qilinadi; • Elektron sertifikat; • Maqolalar Google Scholar va CrossRef bazalarida indekslanadi. — Tezislar qabuli: 2026-yil 10-aprelgacha — Ishchi tillar: o‘zbek, rus va ingliz ⭕️ Axborot xati bilan tanishish: havola ustiga bosing Onlayn qatnashish: zoom havolasi Konferensiya identifikatori: 383 641 8273 Kirish kodi: 1 Tezislar qabuli va bog’lanish uchun 📥 Telegram: @aifu_philology 📄 E-mail: shahloaliyeva1999@gmail.com, mohigulturdialiyeva.9802@gmail.com Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi 341A (xarita (http://loc.aifu.uz/)) ☎️ Axborot markazi: +998(78)5552121
1