1. Main/
  2. News

📣 Maktabni bitirish imtihonlarida oliy taʼlim muassasasiga kirish sinovlariga mos fanni tanlash imkoniyati yaratiladi

28.03.2024
Article image

openEye

176

Topics

Mavzuga oid yangiliklar

Article image
14.03.2025
O‘zbekiston universitetlari QS World University Rankings by Subject 2025 reytingida: yangi natijalar va yutuqlar

12-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi — QS World University Rankings by Subject 2025 natijalari e’lon qilindi. Ushbu reytingda jahonning 101 ta davlatidan 1756 ta universitet 55 ta fandan baholandi.


2025-yilgi reytingda O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘zbekiston uchun ushbu natija mamlakat tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan universitetlar soni 2 taga, yo‘nalishlar soni esa 4 taga ortdi.

Article image
12.03.2025
Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar roʻyxati

Diplomlari toʻgʻridan toʻgʻri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar roʻyxati


Batafsil ro'yxat bilan tanishish uchun quyidagi HAVOLAGA o'ting!


Ushbu ro'yxat hozircha eng oxirgisi bo'lib, har yili dunyo reytingida o'zgarishlar bo'lib turadi.


TOP-1000 talikka kirgan oliygohlarni bitirgan talabalarning diplomlari O'zbekistonda nostrifikatsiyasiz (imtihon sinovlarisiz) tan olinadi.

Article image
11.03.2025
Ingliz tilida 16 ta zamon bor, ularning hammasi ushbu formula asosida yasaladi.

1. The Present Simple Tense. (Oddiy hozirgi zamon)

Positive - S+V.

Negative- S+do(does)+not+V.

Questions- Do(does)+S+V?


2. The Simple Past Tense. (Oddiy o’tgan zamon)

Positive - S+Ved.

Negative - S+did+not+V.

Questions- Did+S+V.  


3. The Future Simple Tense. (Oddiy kelasi zamon) 

Positive - S+will(shall)+V. 

Negative - S+will(shall)+not+V. 

Questions - Will(shall)+S+V.  


4. The Simple Future in the Past Tense. (O’tgan zamondagi kelasi zamon) 

Positive - S+would(should)+V. 

Negative - S+would(should)+not+V. 

Questions - Would(should)+S+V.  


5. The Present Continuous Tense. (Hozirgi davom zamon) 

Positive - S+to be+Ving. 

Negative - S+to be+not+Ving.

Questions - To be+S+Ving.  


6. The Past Continuous Tense. (O’tgan davom zamon) 

Positive-  S+was(were)+Ving. 

Negative - S+was(were)+not+Ving. 

Questions - Was(were)+S+Ving.  


7. The Future Continuous Tense. (Kelasi davom zamon) 

Positive - S+will(shall)+be+Ving. 

Negative - S+will(shall)+not+be+Ving. 

Questions - Will(shall)+S+be+Ving.


8. The Future Continuous in the Past Tense. (O’tgan zamondagi kelasi davom zamon) 

Positive - S+would(should)+be+Ving. 

Negative - S+would(should)+not+Ving. 

Questions - Would(should)+S+be+Ving.  


9. The Present Perfect Tense. (Hozirgi tugallangan zamon) 

Positive - S+have(has)+P.P. 

Negative - S+have(has)+not+P.P. 

Questions - Have(has)+S+P.P.  


10. The Past Perfect Tense. (O’tgan tugallangan zamon) 

Positive - S+had+P.P. 

Negative - S+had+not+P.P. 

Questions - Had+S+P.P.


11. The Future Perfect Tense. (Kelasi...

Universitetlar

Coventry University by UDEA

Coventry University by UDEA

Tashkent city

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) – 2022-yil 7-yanvar kuni tashkil etilgan bo‘lib, jahon ta’lim standartlariga mos keluvchi zamonaviy o‘quv dasturlari, laboratoriyalar va yuqori malakali o’qituvchilarni o’z ichiga mujassam etgan oliy ta’lim dargohi. UDEAda “Moliya”, “Bank ishi”, “Biznesni boshqarish”, “Menejment” va “Marketing” kabi ixtisoslashtirilgan bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari mavjud.

UDEA qisqa vaqt ichida AQShning Amerika Universiteti, Italiyaning Polimi Oliy menejment maktabi, Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kolleji kabi 10 dan ortiq dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdi.

E’tiborlisi, UDEA 2023-yil 28-aprel kuni dunyoning TOP-600 taligiga kiruvchi Buyuk Britaniyaning Koventri Universiteti bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdi va hozirda yurtimizning ko‘plab yoshlari O‘zbekistonda turib, Koventri Universiteti dasturlarida tahsil olib kelmoqdalar.

O’zbekistondagi yirik tijorat banklaridan biri Agrobank, har yili UDEA talabalari uchun 200 ta grant hamda turli xil stipendiyalar ajratmoqda. Ushbu grant sizni 4 yil hech qanday harajatlarsiz xalqaro ta’lim dasturlarida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. E’tiborlisi talabalarimiz 50 dan ortiq talabalarimiz o‘qish davridayoq Agrobankda pullik asosda amaliyot o’tashmoqda.

 

Kirish talablari:

O‘rta maxsus ta’limni bitirganlikni tasdiqlochi hujjat(agar bitiruvchi bosqichda bo’lsa, hozirda ta’lim olayotganligi haqida ma’lumotnoma)

-       IELTS bali 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) va undan yuqori/TOEFL 60 va undan yuqori yoki Koventri universiteti ingliz tili testi (CUET)*: ball 6.0 ("Writing" komponenti 5.5) va undan yuqori.

*CUET - bu abituriyentlar IELTS sertifikatiga ega bo'lmasa, UDEAdagi Koventri universiteti dasturlariga kirish huquqini olish uchun topshiradigan testdir.

6 Directions

Amity University in the city of Tashkent.

Amity University in the city of Tashkent.

Tashkent city

TOSHKENT SHAHRIDAGI AMITY UNIVERSITETI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2019 YIL 7 YANVARDAGI PQ-4097-SONLI FARMONI BILAN TASHKIL ETILGAN VA O‘QUV YILI 2019 YILDAN BOSHLANGAN.TOSHKENT SHAHRIDAGI AMITY UNIVERSITETI BOSHLANG‘ICH, BAKALAVRIAT VA magistratura bosqichlarida oliy ta’limning turli yo‘nalishlarda, jumladan axborot texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment va turizm bo‘yicha kasbga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarinig taklif etadi.

Toshkent shahridagi Amity universiteti maqtovga loyiq izlanishlar va innovatsiyalar bilan jahon miqyosidagi ta’limni O‘zbekistonning strategik qarashlariga moslashtirishga intiladi.

Amity'ning yuqori darajadagi amaliy va sohaga yo‘naltirilgan o'quv dasturlari mintaqaning iste’dodlarga bo‘lgan talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan va bu o‘z navbatida talabalar uchun katta imkoniyatlar dunyosini ochib beradi. Ta’lim dargohining sanoat sohasidagi ta’limga yo‘naltirilganligi, uni sanoat bilan yaqin hamkorlikda o‘quv dasturlarini ishlab chiqishga undaydi.

Amity'ning yana bir o‘ziga xos xususiyati – bu dunyo miqyosida sinovdan o‘tgan va eng zamonaviy talablarga javob beruvchi vositalar va infratuzilmadan foydalangan holda zamonaviy yuqori texnologik o‘quv muhitini yaratishga intilishidir.

Toshkent shahridagi Amity Universitetida ayni paytda 750 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Bitiruvchilar Amity Universiteti (Hindiston Respublikasi)ning namunaviy diplomi bilan taqdirlanadi, u O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadi.


Yotoqxona:

Mavjud- 1 oy to’lovi – 520.000 so’m


Chet-el davlatlari bilan hamkorlik:

Study Abroad – Uch xaftalik o’quv alamshinuvi kursi

Semester Abroad – Bir semester ta’lim dasturi

9 Directions

University of Digital Economy and Agrotechnologies

University of Digital Economy and Agrotechnologies

Tashkent city

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti 2022-yil 7-yanvar kuni tashkil etilgan bo‘lib, jahon ta’lim standartlariga mos keluvchi zamonaviy o‘quv dasturlari, laboratoriyalar va yuqori malakali o’qituvchilarni o’z ichiga mujassam etgan oliy ta’lim dargohidir. UDEAda “Moliya”, “Bank ishi”, “Biznesni boshqarish”, “Menejment” va “Marketing” kabi ixtisoslashtirilgan bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlari mavjud.

UDEA qisqa vaqt ichida AQShning Amerika Universiteti, Italiyaning Polimi Oliy menejment maktabi, Buyuk Britaniyaning London Qirollik Kolleji kabi 10 dan ortiq dunyoning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga erishdi.

Bizning vazifa – Oʻzbekiston yoshlariga jahon andozalari darajasida bilim olish, xalqaro miqyosda tan olingan ilmiy izlanishlar olib borish va mas’uliyatli fuqaro boʻlish imkoniyatini yaratish.

Bizning maqsad – Oʻzbekiston yoshlari uchun dunyo miqyosida e’tirof etiladigan ta’lim olish va tadqiqotlar o‘tkazish imkonini yaratish.


Kirish talablari:

Bakalavriat uchun:

  1. O‘rta maxsus ta’limni bitirganlikni tasdiqlochi hujjat(agar bitiruvchi bosqichda bo’lsa, hozirda ta’lim olayotganligi haqida ma’lumotnoma);
  2. Kirish ballari: 40+ ball;
  3. Imtihon shakli: Oflayn;
  4. Imtihon turi: Test;
  5. Kirish imtihonlari: matematika, mantiq, ingliz tili.

 

Imtihonsiz kirish imkoniyatlari:

  • So‘nggi 2 yildagi bitiruvchi attestat (yoki diplomi)dagi baholari orqali 4,5+;
  • DTM orqali: 70+ ball;
  • SAT 900+.

 

Magistratura uchun:

  1. Bakalavr diplomiga ega bo‘lishi lozim
  2. Kirish ballari: 40+ ball;
  3. Imtihon shakli: Oflayn;
  4. Imtihon turi: Suhbat.

 

Imtihonsiz kirish imkoniyatlari:

  • GMAT 500+.

10 Directions