
Abu Rayhon Beruniy universiteti
Xususiy universitet
Toshkent viloyati
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Abu Rayhon Beruniy Universiteti (ARBU) 2024-yilda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan Toshkent viloyatida tashkil etilgan nodavlat oliy ta'lim muassasasidir.
Universitet O'rta Osiyo va jahon ilm-fanining buyuk namoyandasisi, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy (973–1048) nomi bilan atalgan. Universitetimiz tashkil etilgan kundan boshlab yosh avlodga sifatli va zamonaviy ta'lim berish, ularni raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tarbiyalash maqsadini o'z oldiga qo'ygan.
O'zbekiston ta'lim tizimini yanada rivojlantirish, xalqaro standartlarga mos kadrlar tayyorlash uchun tuzilgan ARBU bugungi kunda Iqtisodiyot, Yurisprudensiya, Tarix, Psixologiya va O'simliklar himoyasi yo'nalishlarida bakalavriat dasturlarini taklif etmoqda. Universitetimiz Toshkent viloyatining Toshkent tumani, Kensoy mahallasida joylashgan bo'lib, zamonaviy o'quv infratuzilmasi, malakali professor-o'qituvchilar jamoasi va talabalar uchun qulay muhit bilan ajralib turadi. Kelajakda universitetimiz yangi yo'nalishlar va magistratura dasturlarini joriy etib, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, fan va innovatsiya sohasida munosib o'rin egallash yo'lida faoliyat olib boradi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
Izohlar

Izohlar mavjud emas


Izohlar
Izohlar mavjud emas