
Acharya Universiteti
Xalqaro universitet
Buxoro viloyati
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2026 - 30 Avgust 2026
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Acharya University — axborot texnologiyalari, sun'iy intellekt va biznes yo‘nalishlariga ixtisoslashgan zamonaviy xalqaro universitet bo‘lib, talabalarga O‘zbekiston va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lish imkoniyatini yaratadi. Universitet 2023-yil 5-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 273-son qarori asosida tashkil etilgan bo‘lib, 2023-yil 12-sentyabrda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida faoliyat yuritadi.
Universitetning asosiy maqsadi zamonaviy IT, muhandislik va biznes sohalari bo‘yicha xalqaro standartlarga mos ta'lim berish, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash hamda bitiruvchilarni xalqaro mehnat bozoriga tayyorlashdan iborat.
Xalqaro diplom va imkoniyatlar
Acharya University bitiruvchilari o‘qishni tamomlagach ikki xil diplomga ega bo‘ladilar: O‘zbekiston hamda Hindiston diplomlari. Bu esa bitiruvchilarga nafaqat O‘zbekistonda, balki 75 dan ortiq davlatda o‘z diplomidan foydalanish imkonini beradi. Universitet bitiruvchilari O‘zbekistondagi istalgan oliy ta'lim muassasasida magistratura bosqichini davom ettirishlari yoki o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat yuritishlari mumkin.
IBM va Google xalqaro sertifikatlari
Universitetning muhim ustunliklaridan biri — talabalarga 4 yil davomida IBM va Google xalqaro sertifikatlarini olish imkoniyati yaratilganidir. Mashg‘ulotlarning ayrim qismini ushbu kompaniyalar mutaxassislari olib boradi, kurs yakunida esa xalqaro imtihon topshiriladi. Hozirgi kunga qadar talabalarning qariyb 90 foizi ushbu sertifikatlarni muvaffaqiyatli qo‘lga kiritgan.
Kuchli amaliy ta'lim
Acharya Universityda ta'limning qariyb 70 foizi amaliy mashg‘ulotlardan iborat. Talabalar zamonaviy laboratoriyalar, ERP tizimi va LMS platformasi orqali bilim oladilar. Universitetda HEMIS tizimi ham joriy etilgan bo‘lib, barcha o‘quv jarayonlari raqamlashtirilgan.
Talabalar quyidagi kompaniyalar bilan hamkorlikda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega:
- IBM
- Intel
- Candela
- IT Park
- Plug and Play
- TENT Works
Xalqaro almashinuv dasturlari
Acharya University talabalari o‘qish davomida xorijda tajriba orttirish imkoniyatiga ega.
- 1-kurs — Bangalore (Hindiston)
- 3-kurs — Malayziya
- 3-kurs — Germaniya
- 3-kurs — Singapur
- 4-kurs — AQSh
Universitet ushbu dasturlar davomida talabalarni yashash va ovqatlanish bilan ta'minlaydi. Talaba faqat aviachipta va viza xarajatlarini qoplaydi.
Ish bilan ta'minlash
Universitet bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratadi. Talabalar 3-kursdan boshlab o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bugungi kunda:
- 3-kurs talabalarining taxminan 65 foizi ishlamoqda;
- 1–3-kurs talabalarining ko‘pchiligi o‘z startap loyihalarini yo‘lga qo‘ygan;
- Universitet har yili Job Fair (bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi) tashkil etadi.
Qabul tartibi
Universitetga hujjatlar onlayn tarzda topshirilishi mumkin. Qabul jarayonida onlayn va oflayn imtihonlar mavjud.
- Qabul muddati: 30-avgustgacha
- Onlayn imtihon natijasi darhol e'lon qilinadi.
- Oflayn imtihon natijalari 3 kun ichida chiqadi.
- IELTS yoki boshqa til sertifikati majburiy emas, ammo mavjud bo‘lsa qo‘shimcha grant olish imkonini beradi.
Kontrakt va stipendiyalar
Yillik kontrakt miqdori 4 qismga bo‘lib amalga oshirish mumkin.
Universitetda:
- Davlat stipendiyalari;
- Rektor stipendiyasi;
- Xalqaro talabalar uchun 2 500 AQSh dollarigacha chegirmalar mavjud.
Talabalar uchun qulay sharoitlar
Universitet kampusiga yaqin joyda yotoqxona faoliyat yuritadi.
- Kampusdan taxminan 1 km masofada joylashgan;
- 2, 4, 6 va 8 kishilik xonalar;
- Oyiga 600 ming so‘mdan boshlanadigan variantlar;
- Ovqat bilan oyiga 1 million so‘m.
Kutubxona xorijdan keltirilgan litsenziyalangan adabiyotlar bilan ta'minlangan. Talabalar ko‘plab xalqaro elektron kutubxonalardan bepul foydalanish imkoniyatiga ega.
Nima uchun aynan Acharya University?
Acharya University quyidagi afzalliklari bilan ajralib turadi:
- Zamonaviy IT va biznes yo‘nalishlari;
- O‘zbekiston va Hindiston diplomi;
- 75 dan ortiq davlatda tan olinadigan diplom;
- IBM va Google xalqaro sertifikatlari;
- Xalqaro almashinuv dasturlari;
- 70% amaliy ta'lim;
- Kuchli sanoat hamkorlari;
- Bepul ingliz tili rivojlantirish imkoniyatlari;
- 3-kursdan boshlab ishlash imkoniyati;
- Bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash dasturi;
- Zamonaviy kampus, laboratoriyalar va raqamli ta'lim muhiti.
Acharya University bugungi va kelajak mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan zamonaviy xalqaro universitet bo‘lib, talabalarga sifatli ta'lim, xalqaro tajriba va muvaffaqiyatli karyera uchun keng imkoniyatlarni taqdim etadi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Izohlar

Izohlar mavjud emas








Izohlar
Izohlar mavjud emas