Mentalaba - Universitet haqida
AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI) logo

AFRASIAB UNIVERSITY (ISFI)

Xususiy universitet

Toshkent shahri

3.2

(1 Izohlar)

calendar

Qabul muddati

1 Iyun 2026 - 30 Sentabr 2026

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Afrasiab Universityning tarixi **2022-yilda tashkil etilgan Ijtimoiy va Siyosiy Fanlar Instituti (ISFI)**dan boshlanadi. Institut O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 056369-sonli litsenziya asosida xususiy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lib, qisqa vaqt ichida mamlakat oliy ta’lim tizimida o‘zining munosib o‘rnini egalladi.


Faoliyati davomida institut ta’lim jarayoniga ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa yo‘nalishlarda tajribaga ega professor-o‘qituvchilarni jalb etish orqali kuchli akademik va ilmiy salohiyatni shakllantirdi. Talabalarga zamonaviy mehnat bozori talablariga mos bilim va ko‘nikmalarni berishga alohida e’tibor qaratildi.


2026-yilda ISFI rebrending qilinib, Afrasiab University nomi ostida faoliyatini davom ettira boshladi. Rebrending universitetning ta’lim yo‘nalishlarini kengaytirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish hamda zamonaviy universitet modelini shakllantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.


Bugungi kunda Afrasiab University bakalavriat va magistratura bosqichlarida 24 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sifatli ta’limni taklif etadi. Universitetdagi barcha o‘quv dasturlari nazariy bilimlarni amaliy mashg‘ulotlar bilan uyg‘unlashtirish tamoyiliga asoslangan bo‘lib, bitiruvchilarning zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

Grantlar

Grant olish imkoniyatlari

  1. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari, “Nihol” mukofoti sovrindorlari hamda yosh filologlar uchun 50% grant (1 o‘quv yili uchun).
  2. Fan yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro olimpiada g‘oliblari hamda sport bo‘yicha xalqaro olimpiada chempionlari uchun 1 yillik grant taqdim etiladi.


Qo‘shimcha chegirmalar va imkoniyatlari

  1. Bir oiladan 2 yoki undan ortiq talaba tahsil olsa, har biriga 10% chegirma beriladi.
  2. Kontrakt summasining 100% qismini 15-oktyabrgacha to‘lagan talabaga 10% chegirma beriladi.
  3. IELTS 6.5 sertifikatiga ega abituriyentlarga 10% chegirma, 7.0 va undan yuqori natijaga ega bo‘lganlarga esa 20% chegirma beriladi.
  4. Oltin medal bilan maktabni tamomlagan bitiruvchilarga 10% chegirma taqdim etiladi.

Ta'lim yo'nalishlari

Yo'nalishlar mavjud emas

Aloqa

  • call
  • Toshkent sh., Yunusobod tumani, Shivli 2-tor ko‘chasi, 1,3 uy

Izohlar

im

Izohlar mavjud emas