
Alfraganus University
Xususiy universitet
Toshkent shahri
0.0
(0 Izohlar)
Qabul muddati
1 Iyun 2025 - 30 Sentabr 2025
OTM litsenziyasi
OTM haqida
Alfraganus universiteti 2022-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan. Uning Iqtisod, Filologiya, Pedagogika, Ijtimoiy fanlar, Raqamli texnologiyalar, Tibbiyot, Jismoniy tarbiya va sport, Turizm fakultetlari va ular tarkibida 36 ta yo‘nalishlari mavjud. Universitetda magistratura bosqichi ham mavjud bo‘lib, 7 ta yo‘nalishlarda talabalarni qabul qiladi. Alfraganus universiteti o‘zbek qomusiy olimi Ahmad Al-Farg‘oniy nomiga Alfraganus deb nomlangan. Al-Farg‘oniy Yevropada aynan shu nom bilan mashhur bo‘lgan va oydagi kraterlarning biri ham olim sharafiga shunday atalgan. Universitetning o‘z klinikasi mavjud.
Shuningdek, universitet xalqaro ilmiy jurnali va talabalar gazetasiga ega. Universitetda tajribali professor-o‘qituvchilar dars beradi. Alfraganus universiteti dunyoning 20 ga yaqin rivojlangan davlatlari, xususan, oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Jumladan ayni kunlarda Amerika, Turkiya, Yaponiya, Xitoy, Koreya bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib bormoqda. Universitetda bir martalik rektor stipendiyasi hamda ijodkor va ixtirochi talabalar uchun “Al-Farg‘oniy” stipendiyasi, ko‘krak nishoni taʼsis etilgan. Eng faol va tashabbuskor talabalarga grant ajratilgan bo‘lib, bir yil namunali o‘qigan talaba keyingi yil kontrakt to‘lashdan ozod etiladi.
Ta'lim yo'nalishlari
Yo'nalishlar mavjud emas
Galereya
Aloqa
- 100190, Тoshkent shahar, Yunusobod tumani, Yuqori Qoraqamish ko‘chasi 2v-uy
Izohlar

Izohlar mavjud emas
Izohlar
Izohlar mavjud emas