Mentalaba - Universitet haqida batafsil
Andijon davlat tibbiyot instituti logo

Andijon davlat tibbiyot instituti

Davlat universiteti

Andijon viloyati

calendar

Qabul muddati

5 Iyun 2024 - 25 Iyun 2024

dollar

OTM litsenziyasi

OTM haqida

Institut haqida :

Andijon davlat tibbiyot instituti 1955-yil Andijon shahrida tashkil etilgan. O‘sha davr uchun juda zarur va tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha Farg‘ona vodiysida yagona oliy ta’lim muassasasi bo‘lganligi uchun institutni tez tiklash va faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida juda katta ishlar amalga oshrilgan. Mamlakatimiz tibbiyotchilari uchun oliy dargoh bo‘lgan Andijon davlat tibbiyot instituti qad rostlashida Yusuf Otabekovich Otabekov, Rahim Muhammedovich Nurmuhammedov, Satqul Usmanovich Djumabayev kabi fidoiy yurtdoshlarimiz, mahoratli shifokorlarning alohida xizmatlari bor. Uzoq yillik rivojlanish va taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan institutninng bugungi yutuqlari dunyo miqyosida alohida e’tirof etilmoqda. Universitet yakunlovchi tibbiyot kadrlarini tayyorlash maqsadida 1955-yilda tashkil etilgan va bugungi kunda 21-yillik tajriba bilan o'zining markaziy o'rni o'rniga kelgan. Bugungi kunda institutda davolash, pediatriya, stomatologiya fakultetlari haamda kasbiy ta’lim, oliy hamshiralik ishi, farmatsiya, tibbiy profilaktika yo‘nalishlarida bakalavriyat hamda 29 ta mutahassislik yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Shuningdek, vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetida vodiy viloyatlari shifokorlari uchun malaka oshirish kurslari yo‘lga qo‘yilgan.

Institutda 56 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularning umumiy shtatida 533 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda, shundan 36 nafari fan doktori (ularning 14 nafari professor unvoniga ega), 130 nafari fan nomzodi (ularning 104 nafari dotsent unvoniga ega). Institut bo‘yicha ilmiy salohiyat 31.7 % ni tashkil etadi.


Institutda 4 ta fakultet davolash, pediatriya, stomatologiya va vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, 7 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya ishi, kasb ta’limi, oliy xamshiralik ishi, tibbiy profilaktika ishi va farmatsiya yo‘nalishlari, 29 ta magistratura mutaxassisliklarida o‘quv jarayoni tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ 2909 sonli qaroriga asosan 2019-2020 o‘quv yilidan magistraturaga 2 ta yangi mutaxassislik yo‘nalishlari tashkil etildi:

5A 510102 Endokrinologiya,

5A 510126 Farmakologiya.


Institut grantlari :

Institutda grantlar mavjud kirish imtihonlarida yuqori ball olgan iqtirodli talabalarga yo'nalishlar kesimida davlat grantlari ajratiladi. Bu grantlar faqat bir o'quv yili uchun beriladi va kontrakt asosida qabul qilingan talabalar kiyingi o'quv yillarida grant o'qish imkoniyati bor.


Kirish uchun talablari : BMB(DTM) tomonidan tashkil etiladigan davlat imtihonlarida qatnashish.


Institut stipendiyasi :

Davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi;

- Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

- Barcha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichi a’lo bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to‘lanadi;

- Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o‘zlashtirgan, ya’ni 71 balldan kam to‘plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

- Davlat granti asosida ta’lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.


To‘lov kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi:

 - Kontrakt asosida o‘qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o‘qishi mumkin;

 - Kontraktdagilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to‘lanadi.

 - Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to‘langanidan so‘ng tayinlanadi va to‘lanadi.


I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to‘lanadi:

 - I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o‘qishidan qat’iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi;

 - To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.


Institut yotoqxonasi :

Andijon davlat tibbiyot isntitutida 4 ta talabalar turar joyi mavjud bo‘lib ular 1554-sig‘imga ega. Ulardan 3 ta 1054 sig‘imli institut talabalar turar joyi va 1 ta 500 o‘rinli Davlat xususiy sherikchilik asosidagi talabalar turar joyi.


Xorijiy yo‘nalish va qo‘shma dasturlar :

Andijon davlat tibbiyot instituti quyidagi chet el universitetlari bilan xamkorlik qilmoqda: 

Dongsan Tibbiyot Markazi, Keimung Universiteti

Yongnam universiteti tibbiyot markazi

Samyuk tibbiyot markazi

Moskva davlat tibbiyot-stomatologiya universiteti (Rossiya)

Akademik I.P.Pavlov nomidagi birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya)

I.I.Mechnikov nomidagi janubiy-shimoliy davlat tibbiyot universiteti (Rossiya)

Kazan davlat tibbiyot universiteti (Tatarstan)

Kirov davlat tibbiyot akademiyasi (Rossiya)

M.Gorkogo nomidagi Donetsk davlat milliy tibbiyot universiteti (Ukraina)

N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti

Rossiya davlat kutubxonasi (Rossiya)

Institut «Ukraina urologiya milliy tibbiyot akademiyasi» (Ukraina)

Pavol Jozef Safarik Universiteti (Slovakiya)

JAYPEE hospital (Xinsdiston)

Germaniyaning Rostok universiteti

Andijon davlat tibbiyot institutida Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi asosida 2019-2020-o‘quv yilida bakalavriat “Stomatologiya” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etildi va talabalar o‘qishga qabul qilindi. Hozirda ushbu (3+2 yani 3 yil ADTIda 2 yil Dog‘iston davlat tibbiyot universitetida ta’lim) qo‘shma ta’lim dasturida 20 nafar talabalar taxsil olmoqda.Hamkorlarimizga rahmat, siz tiesni har qanday imtiyoz va byudjetga mos keladigan, budjetdan tortib to eng yuqori toifaga qadar onlayn topishingiz mumkin. super zamonaviy modellar.



Ta'lim yo'nalishlari

univer image

Grant

Davolash ishi

Andijon davlat tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Farmatsiya (turlari bo‘yicha)

Andijon davlat tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Oliy hamshiralik ishi

Andijon davlat tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

12 627 170 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Pediatriya ishi

Andijon davlat tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)

Andijon davlat tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)

Andijon davlat tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Tibbiy profilaktika ishi

Andijon davlat tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili / Rus tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab
univer image

Grant

Xalq tabobati

Andijon davlat tibbiyot instituti

language

Ta'lim tili

O'zbek tili
language

Ta'lim shakli

Kunduzgi
dollar

Kontrakt to'lovi

15 344 490 so'mdan boshlab

Qabul kvotasi va kirish ballari

2023
Ta'lim yo'nalishiQabul kvotasiGrant uchun kirish ballariKontrakt uchun kirish ballari
Davolash ishi30 / 60137.3117.6
Farmatsiya (turlari bo‘yicha)9 / 1092.373.7
Oliy hamshiralik ishi5 / 8132.9123.2
Pediatriya ishi23 / 44112.3100.9
Sanoat farmatsiyasi (turlari bo‘yicha)5 / 875.168.6
Stomatologiya (yo‘nalishlar bo‘yicha)10 / 10128.6112.7
Tibbiy profilaktika ishi10 / 1074.569.5
Xalq tabobati10 / 16134.3126.7

Galereya

Aloqa

  • call
  • Andijon sh. Yu.Otabekov 1-uy

Ijtimoiy tarmoqlar

imageimageimageimage

Fikrlar

im

Fikrlar mavjud emas